Линклар

logo-print

Farg‘onining Buvayda tumanida qalbaki pullardan foydalangan ikki kishi qamoqqa olindi.

O‘zbekiston matbuotining payshanba kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Buvayda tumanidagi yonilg‘i quyish shahobchalaridan birida 27 va 24 yoshli mahalliy yigitlar benzin uchun qalbaki 5 ming so‘mlik kupyuralar bilan to‘lov yuritgan.

Huquq-tartibot tuzilmalari o‘tkizgan ekspertiza natijasida pullar haqiqatan ham qalbaki bo‘lgani va ular qo‘lda yasalgani aniqlangan. Tezkor qidiruv ishlari natijasida qalbaki pul ishlatganlar qo‘lga olingan.

Bu voqeaning boshqa tafsilotlari oshkor qilinmadi. Ayni paytda mazkur voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.

XS
SM
MD
LG