Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:54

Bag‘dodda portlashdan 21 odam halok bo‘ldi


Bag‘dodda portlash oqibatida yigirmadan ortiq odam halok bo‘ldi.

Iroq politsiyasiga ko‘ra, ichiga portlatgich o‘rnatilgan mashina shanba kuni Bag‘dod chekkasidagi gavjum bozorda portlagan.

Kamida 21 odam portlashdan o‘lgani, o‘nlab odam yaralangan.

Hujum iroqlik shialarga qarshi sodir etilgani aytilmoqda. Portlash uchun mas’uliyatni "Islomiy davlat" ekstremist guruhi zimmasiga oldi.

So‘nggi bir oy ichida Bag‘dodda portlashlardan qirqdan oshiq odam halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG