Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:25

O‘zbekistonda qo‘shmachilik qilganlik uchun jazo yana kuchaytirildi


So‘nggi paytlarda shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarda islovatxonalarning ko‘payib borayotgani haqida rasmiy matbuot ham ko‘p yozmoqda.
So‘nggi paytlarda shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarda islovatxonalarning ko‘payib borayotgani haqida rasmiy matbuot ham ko‘p yozmoqda.

O‘zbekistonda fohishaxona tashkil etganlik hamda qo‘shmachilik qilganlik uchun yirik miqdorda jarimani ko‘zda tutuvchi qonun qabul qilindi. 25 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti imzolagan qonunga muvofiq bundan buyon qo‘shmachilik qilganlar yoki fohishaxona ochganlar eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha (qariyb 600 AQSh dolaridan 1800 AQSh dollarigcha) miqdorda jarimaga tortilishi yoki yetti yilgacha qamalishi mumkin.

Voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka jalb etganlarga esa bundan-da kuchli jazo –sakkiz yilgacha qamoq belgilangan.

Bunga qadar O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 31-moddasida qo‘shmachilik va fohishaxona ochishlik uchun olti oygacha qamoq yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko‘zda tutilgandi.

O‘zbekistonda fohishalar qo‘shmachilar yoki yashirin islovatxonalar orqali ishlashadi.

Qo‘shmachilarga nisbatan jazo kuchaytirilishini ko‘zda tutuvchi qonun mamlakatda odam savdosiga qarshi qattiqroq kurashish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilar esa, bir necha yuz dollarlik jarimalarni ko‘zda tutuvchi jazo turlari bilan fohishalik va odam savdosiga qarshi kurashib bo‘lmasligini aytishadi.

- Fohishalarni boshqarayotganlar davlat mulozimlari, qolaversa militsiya xodimlari bo‘lsa. Oldin qo‘shmachilarni "krishalari"ni fosh qilish kerak, - deydi Toshkentdagi Mustaqil inson huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov.

So‘nggi paytlarda shahar va tumanlardagi ko‘p qavatli uylarda islovatxonalarning ko‘payib borayotgani haqida rasmiy matbuot ham ko‘p yozmoqda.

Avvalroq, Buxoroning Qorako‘l tumanidagi kollej qizlari Qandim zavodida ishlayotgan xorijliklar uchun fohishalik qilayotgani haqida shu tumanda yashovchilardan biri Ozodlikka ma’lum qilgan edi.

Ayni suhbatdoshga ko‘ra¸ "rus va koreys mutaxassislari boshqarayotgan bu loyihaga minglab o‘ta arzon ishchi kuchi yetkazib berish barobarida¸ Qorako‘l va Olot tumanlarida xorijliklarga jinsiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham paydo bo‘lgan va bu ishga asosan kollej o‘quvchilari jalb etilmoqda".

XS
SM
MD
LG