Линклар

Turkiya jamiyatini bo‘luvchi eng asosiy narsa din emas, balki turklar va kurdlar o‘rtasidagi ziddiyatdir. Ushbu ikki guruh o‘rtasidagi milliy nizo 32 yildan beri davom etib keladi. Shunday bo‘lsa-da, Turkiya jamiyatining ikki yirik guruhi o‘rtasida bir diniy diniy farq bo‘lib, bu tafovut ziddiyat keltirib chiqaradi, milliy nizoni yanada keskinlashtirib, mamlakat barqarorligiga tahdid soladi. Bu ziddiyatni sunniylar hamda alaviylar o‘rtasidagi tafovut keltirib chiqaradi.

Sunniylar bilan alaviylar o‘rtasidagi ziddiyat XVII asrda Yevropa katoliklari hamda protestantlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan janglarga o‘xshaydi.

Sunniy-alaviy mojarosi 500 oldin boshlangan. 1500 yillarning boshida Usmoniylar impersiyasidagi alaviylar mamlakatning sharqiy qismidagi qo‘shnisi bo‘lmish eronlik safaviylar yonini olgan. Safaviylar Islomning shia yo‘nalishi tarafdori bo‘lgan hamda Eronda shialik asosiy mazhabga aylanishida muhim rol o‘ynagan.

O‘sha davrda qudratli bo‘lgan ushbu ikki imperiya o‘rtasidagi urushlar davomida turkiyalik alaviylar eronliklarni dastaklagan, safaviylarning hukumat tepasiga kelishiga yordam bergan. Alaviylar Eronda mafkuraviy hamda harbiy tayyorgalikdan o‘tgan va Usmoniylar imperiyasiga ijtimoiy inqilib boshlash uchun qayta yuborilgan. Usmoniylar lashkarlari hamda hududdagi urug‘lar alaviylarni “shia islomning bid’atchi vakillari” deb bilgan va ularni o‘ldirgan, badarg‘a qilgan. Natijada minglab alaviy Eronga ko‘chib o‘tgan. Eronlik kurdlarning ayrimlasi esa Usmoniylar imperiyasida boshpana topgan.

Bu konflikt sunniylar-shialar/alaviylar o‘rtasidagi ilk va eng katta to‘qnashuv bo‘lgan. Uning ta’siri asrlar davomida his qilinib keladi.

Tarixga nazar

Alaviylar sufiy yoki mistik shia musulmonlar bo‘lib, turklardan farqli o‘laroq, sunniy mazhabiga mansub emaslar. Ular to‘rtinchi xalif bo‘lmish Ali ibn Abu Tolibga ergashadilar. To‘rttala xalifni tan oluvchi sunniylardan farqli o‘laroq, alaviylar Muhammad payg‘ambar vafotidan keyin xalifalikka haqli kishi Ali bo‘lgan, qolgan uch xalif – Abu Bakr, Umar va Usmon esa bu huquqni undan va uning avlodlaridan zo‘rlik bilan tortib olgan, deb hisoblaydilar. Shu sababdan ular o‘zlarini alaviylar, yoki “Aliga ergashuvchilar” deb ataydilar. Alaviylar“o‘n ikki imomni e’tirof qiluvchilar” firqasiga kiradi, Ali va uning 11 avlodi insonlarga rizq berib turadi, deb hisoblaydi.

Suriya alaviylari g‘arb mamlakatlarida “alavitlar” deb ataladi. O‘zbek tilida suriyalik alaviylar “nusayriylar” deb ataladi.

Dunyoda musulmonlarning umumiy soni taqriban 1,6 milliard kishidan iborat bo‘lib, ularning 85 foizi sunniylik, qolgan 15 foizi shialik mazhabiga mansubdir. Eng ko‘p shialar yashovchi mamlakat Erondir.

Turkiya aholisining umumiy soni 78 million bo‘lib, ularning 15-20 millioni alaviylardir.

Boshida alaviylar qishloq joylarda yashagan. Ular Markaziy Osiyoda kelib chiqqan, keyinchalik hozirgi Turkiya, Eron, Kavkaz, Eron hamda Suriya hududlariga ko‘chib borishgan. Alaviylar asosan urug‘larga bo‘linuvchi turkiy xalq bo‘lgan va shahar muhitiga kech moslashgan.

Usmoniylar imperiyasi davrida safaviy Eron bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar alaviylarning yanada qashshoqlashishiga olib kelgan.

Alaviylar ham, shialar ham Islomning “o‘n ikki imomni e’tirof qiluvchilar” oqimiga kiradi. Ammo ularning o‘rasida katta farq bor.

Eron va Iroqdagi shialardan farqli o‘laroq, alaviylar namoz o‘qimaydi. Ramazon oyida ro‘zani ham boshqacha tutishadi. Ular namoz o‘qish uchun masjidlarga yoki Makkaga hajga bormaydilar. Alaviylarda spirtli ichimlik ichish man etilmagan, ayollarning hijob kiyishi shart emas.

Aksar olimlar alaviylar Islomni sufiylik bilan qorishtirganlar, deb hisoblaydi. Alaviylar o‘zlarining sufiylik an’analarini O‘rta Osiyoda Islomdan avvalgi shomonlik e’tiqotidan hamda Erondagi tasavvufdan olganlar.

Markaziy Osiyoda Islom dini tarqay boshlagan ilk yuzyilikda mahalliy turkiy qabilalar Islom dinini qabul olishida arablar emas, balki asosan eronlik shayx va dindorlar yo‘l ko‘rsatib turgan.

Islom dinini qabul olib, Eron va Turkiyaga otlangan alaviylar yangi dinning asosiy jihatlarinigina saqlab qolishgan. Kuzatuvchilarning e’tirof etishicha, kundalik hayotda alaviylar shialar yoki sunniylarga solishtirganda ancha “liberal”dir.

Keyingi yillarda aksar tarixchi va izlanuvchilar Vizantiya Anatoliyasi islomiylashtirilganidan va turkiylashtirilganidan keyin minglab yunon, arman, aramey hamda Eron tillarida so‘zlashuvchilar ona tillarini turkiy tilga o‘zgartirishga va Islom dinini qabul olishga majbur bo‘lganini ta’kidlab keladi.

Bu olimlar yana Turkiya yangi dinni qabul olganlarning aksari alaviylikni tanlaganini, chuni unga moslashish oson bo‘lganini ta’kidlashadi. Tarixchilarning aytishicha, bu shaxslar asrlar davomida “haqiqiy turk va musulmon” o‘laroq yashab kelayotgan bo‘lsa-da, o‘tmishda yunon, arman, aramey va kurd bo‘lganlar.

Bu ziddiyat fachondir Turkiya jamiyatini bo‘lib yuborishi mumkin. Yaqin Sharqda kuchayib borayotgan etnik hamda diniy to‘qnashuvlarga ham qisman bo‘lsa-da aynan sunniylar-shialar/alaviylar o‘rtasidagi ziddiyat sabab bo‘lmoqda.

Abbos Javodiy

XS
SM
MD
LG