Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:00

Tadbirkorlar: “Baliq boqaman deb borimdan ayrildim”; “Paxtaga pul bermaganim uchun bor molim musodara bo‘ldi”


OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilib arz qilgan tadbirkorlar mahalliy hokimlarning ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilib, katta qarzlarga botirgani haqida shikoyat qildi. Tadbirkorlarga ko‘ra, mahalliy hokimlar prezidentning tadbirkorlarni himoya qilishga qaratilgan qonunlarini nazar-pisand qilmay, ularni qaqshatmoqda.

Chirchiqlik tadbirkor: “Hammasi paxta terimiga pul bermaganimdan boshlandi”

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida o‘zining xususiy do‘konida tadbirkorlik qiladigan Asiya Shatilovaning aytishicha, uning 100 million so‘mga yaqin molini soliq inspeksiyasi xodimlari hech qanday aksiz musodara qilgan. Tadbirkorga ko‘ra, o‘tgan yili paxta terimi uchun 700 ming berishdan bosh tortgan kunidan boshlab, uning boshiga qora kunlar kela boshlagan:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:37 0:00
Бевосита линк

Farg‘onalik tadbirkor: “Baliqlar endi katta bo‘lganda hokim ularni yo‘q qildi”

Namangan viloyatining Pop tumanida baliqchilik qilgan buvaydalik fermer 40 yashar Bahodir Qosimovning aytishicha, hokimiyatdan rasman ruxsat olib, barcha hujjatlarni rasmiylashtirib, bankdan qarz olib tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yganida va hovuzga tashlangan 12 garmmlik baliqlar 300 grammlik bo‘lib qolgan paytda, hech bir sababsiz mahalliy hokimiyat uning tadbirkorligini bekor qilgan. Oqibatda fermer uy-joyi, moshinalarini sotib dala shiyponida kun ko‘rmoqda. Bo‘yinda esa bankdan olingan 180 million so‘m qarz foizi bilan turibdi:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:08 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG