Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:00

Bryussel aeroportining uchib ketish zali 1 may kuni qisman ochiladi


Terror hujumi oqibatida vayron bo‘lgan Bryussel shahri Zaventem aeroportining uchib ketish zali halokatli portlashlardan olti hafta o‘tib, 1 may kuni qisman ochiladi.

Bu haqda aeroport ma’muriyati 30 aprel kuni ma’lum qildi.

Bryusselda o‘ttizdan ziyod odam o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlar ortidan shahar aeroportida “yangi xavfsizlik choralari” joriy etilgan.

Xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tishga ulgurish uchun yo‘lovchilardan uchish vaqtidan kamida uch soat oldin kelish talab etilmoqda.

Bryusseldagi mart oyidagi hudkush hujumlar o‘tgan yil noyabridagi Parij hujumlariga bog‘liq, deb ko‘rilmoqda.

Har ikki hujumlarga mas’uliyatni “Islomiy Davlat” ekstremist guruhi zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG