Линклар

Dunyodagi eng yirik uchta reyting agentliklaridan biri - Fitch Ratings Qozog‘iston kredit reytingi yana tushganini ma’lum qildi.

Fitch Ratings tarqatgan xabarga ko‘ra, neft narxlarining arzonlashgani Qozog‘iston iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Xalqaro reyting agentligi Qozog‘iston kredit reytingini "BBB+" dan "BBB"ga tushirgan.

Bu Qozog‘iston agentlik belgilagan sarmoya reytingining eng past pog‘onasidan bitta yuqori pog‘onaga joylashtirilganini anglatadi.

Neft narxlari tushishi ortidan Qozog‘iston milliy valyutasi - tenge yanvar oyida dollarga nisbatan eng past ko‘rsatkichni qayd etdi.

O‘shandan buyon Fitch Ratings​ Qozog‘iston reyting darajasini uch marta pasaytirdi.

Reyting agentligiga ko‘ra, 2015 yilda Qozog‘iston hukumati qarzi mamlakat Yalpi Ichki Mahsulotining 22,1 foizini tashkil etgan.

2014 yilda Ostona qarzi Yalpi Ichki Mahsulotning 13,9 foizini tashkil etgandi.

XS
SM
MD
LG