Линклар

logo-print

Iroq bosh vaziri Haydar al-Abodiy huquq-tartibot idoralariga 30 aprel kuni Bag‘dodning “Yashil Zona”ga bostirib kirib, parlament a’zolari va politsiyachilarga hujum qilgan hamda davlat mulkiga zarar etkazgan namoyishchilarni jazolashga buyruq berdi.

1 may kuni ko‘plab namoyishchilar parlamentni tark eta boshlagan, ammo yuzlab namoyishchilar hamon “Yashil Zona”da qolmoqda.

“Yashil Zona” nomli hududda davlat idoralari va xorijiy elchixonalar joylashgan.

Ba’zi namoyishchilar parlament tashqarisida chodirlar qurib olgan.

Hududdagi vaziyat hozirda tinch ekani xabar qilinadi.

Al-Abodiy buyrug‘iga qaramasdan huquq-tartibot idoralari namoyishchilarga qarshi kuch ishlatgani yo‘q.

Namoyishchilar hukumatdan idoriy islohotlar o‘tkazishni talab qilmoqda.

XS
SM
MD
LG