Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:23

Abdulla Qodiriy Birinchi may haqinda ne degan edilar?


"O‘tkan kunlar" muallifi Abdulla Qodiriy o‘zbekning nafaqat ilk romannavisi, balki qalami o‘tkir publitsist ham bo‘lgan.
"O‘tkan kunlar" muallifi Abdulla Qodiriy o‘zbekning nafaqat ilk romannavisi, balki qalami o‘tkir publitsist ham bo‘lgan.

Mehnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni - Birinchi may bayrami Sovet davrida davlatning tizimtuzar bayramlaridan biri bo‘lgan edi. Bu bayram, taniqli publitsist Sharof Ubaydullaevning aytishicha, O‘zbekiston mustaqillikka erishgan yildan boshlaboq bekor qilingan va yillar o‘tib yangi avlod bu kun qachonlardir bayram qilingani bilmaydi ham.

Birida bayram qiladilar, birida unutganlar

Mintaqa mamlakatlari orasida birgina Tojikistonda Birinchi may eski nom - Mehnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni, degan nom bilan saqlanib qolgan.

Qozog‘istonda Birinchi may – “Qozog‘iston xalqi birligi kuni”dir.

Turkmanistonda Birinchi may xuddi O‘zbekistondagiday oddiy ish kuni.

Qirg‘izistonda esa, Birinchi may – “Mehnat kuni”dir va bu kun mamlakatda keng nishonlanadi.

Shu kuni Qirg‘iziston parlamentining yangi spikeri Chinibay Tursunbekov qirg‘izistonliklarga yo‘llagan tabriknomasida aholini ish bilan ta’minlash, ularning mehnatga bo‘lgan huquqlarini muhofaza qilishning huquqiy asoslarini mustahkamlash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotganini bildirgan.

Mehnat kuni munosabati bilan Qirg‘iziston xalqiga prezident Almazbek Atambaev ham tabrik yo‘lladi.

“Birinchi may bir vatanda yashaydigan turli millat va maslakka mansub kishilar o‘rtasida hamjihatlik, tinchlik va totuvlik bayrami hamdir. Faqat mehnat qilish va bunyodkorlik orqaligina frazandlarimiz uchun munosib hayot, mamlakatda xotirjamlik va barqarorlik barpo eta olamiz”, deyilgan jumladan Qirg‘iziston prezidenti tabrigida.

“Birinchi may kuni mehnatkashning qozoni yaxshi qaynar edi...’

Taniqli publitsist Sharof Ubaydullaev sarlavhaga chiqarilgan gapni aytar ekan, beixtiyor Sovet davriga tashhis qo‘yib qo‘ydiki, bu gap o‘z-o‘zidan savol paydo qiladi: Xo‘sh, Sovet xalqi bayramdagina yaxshi qaynaydigan qozonini sharaflash uchun bayram qilarmidi Birinchi mayni?

Telefon aloqasidagi kastalik bois, bu savolni Sharof Ubaydullaevga berishga ulgurmadik. Lekin boshqa savollarimizni berdik.

Шароф Убайдуллаев Биринчи май тўғрисида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:35 0:00
Бевосита линк

“O‘tkan kunlar”ni yozmish adibning 1 may bayrami haqinda bitiklari.

Ziyouz.uz saytida Abdulla Qodiriyniki, deb e’lon qilingan quyidagi matnga ko‘zimiz tushdi va uni Sizga ilindik:

Birinchi may kuni bizning basharamiz irjaygan, ikkinchidan boy, ulamo, ashqiyolarning basharasi tirjaygan kundir.

Birinchi may biz o‘ynag‘an, kulgan; mustamlakachi «mushfiq mehribonlarning» qon yig‘lag‘an, kuygan kunidir.

Birinchi may butun dunyo mehnatkashlarining birlashkan bayrami, butun dunyo ifloslarining bir-birlari bilan it-mushuk bo‘lub ajrashqan kunidir.

Birinchi may ishchi dehqon xalqi uchun baxt-saodat kuni, burjuaziya va uning qullarig‘a baxtsizlik keltiradirg‘an kundir.

Birinchi may bizning kelgusimiz uchun muayyan bir chiziq qoldiradir. Qarshimizdag‘i baynalmilal to‘ng‘uz qo‘pqurlarg‘a achchiq-tizziq qoldiradir.

Birinchi may bizni shod va xandon qiladir. Butun dunyo jahongirlarini xonavayron qiladir.

Birinchi may bizga huquq berganda, dushmanlarimizga xo‘rliq va huquqsizliq beradir. Eng qisqasi bizga yaxshiliq, ularga yomonliq; bizga fazl, ularga hazl bizga insof, ularga noinsoflik beradir.

Birinchi may mehnatkashlar birligi kunidir. Bu kun butun dunyo mehnatkashlari bayram etadirlar.

G‘arb ishchisi Sharq ishchisiga, Sharq ishchisi G‘arb ishchisiga salom yuboradir. Demak, bu kun butun dunyodag‘i ishchilarda samimiylik hissini qo‘zg‘atadir. Bu kun butun dunyo och-yalang‘ochi bayram etadir, ham butun kuch-quvvatlari bilan kapitalga qarshi kurashish uchun so‘z biriktiradir.

Har holda Birinchi may o‘zgarish hasadginlarining ko‘zini qamashtiradir, hiqildog‘idan xippa bo‘g‘adir.

Birlashingiz, butun dunyo yo‘qsullari!

Mushtum

“Mushtum”— 1923 yil, 7-son, 2-bet

Diktatorlar man qilgan bayram

Birinchi may bayrami to‘g‘risida O‘zbekcha Vikipediya quyidagi ma’lumotni bergan:

Xalqaro mehnatkashlar kuni ishchilar bayrami bo‘lib, har yili 1-may kuni nishonlanadi. Bayramda ishchilar va ularning kasaba uyushmalari ko‘chada yurish, namoyishlar o‘tkazadi. 1-may 80 dan ortiq mamlakatda rasmiy milliy bayramdir, boshqa mamlakatlarda norasmiy nishonlanadi.

Tarixi:

1886-yili AQShning Chikago shahrida politsiya 8 soatlik ish kunini talab qilayotgan ishchilar mitingini, namoyishchilar olomonidan noma’lum kimsa politsiyaga qarata dinamit uloqtirganidan so‘ng, o‘qqa tutib, shafqatizlik bilan tarqatdi. O‘nlab odam, shu jumladan politsiya xodimlari ham halok bo‘ldi. Shu fojeani 1889-yili Parijda bo‘lib o‘tgan qurultoyda xotirlab, 1890-yili xalqaro norozilik aktsiyalari o‘tkazish taklifi o‘rtaga tashlandi. Keyinchalik, 1904-yili Amsterdamda Xalqaro Ijtimoiy Konferensiyada 1-mayda barcha proletariat ish tashlashi taklifi e’lon qilindi. Ko‘p mamlakatlarda ishchilar sinfi 1-mayni dam olish kuni, deb tan olinishiga erishdi.

O‘ta o‘ng-qanot siyosat yurituvchi partiya va hukumatlar (Portugaliya, Uchinchi reyx, Franko Ispaniyasiva hk.) 1-mayni nishonlashni bekor qilgan.

XS
SM
MD
LG