Линклар

O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi Toshkent shahrida "Georgiy lentasi"ni tarqatish aksiyasini boshladi.

Rossiya elchixonasi matbuot xizmatining xabar berishicha, "istagan odam elchixona darvozasi o‘ngida "Georgiy lentasi»ni olishi mumkin".

Rossiya diplomatik vakolatxonasining ta’kidlashicha, "aksiyaning asosiy maqsadi yangi avlodning 20-asrdagi eng dahshatli urushda kim va qanday yo‘qotishlar evaziga g‘alaba qilganini... unutishiga yo‘l qo‘ymaslikdir".

Ilk "Georgiy lentasi" aksiyasi 2005 yilda o‘tkazilgan edi.

O‘shandan buyon uni o‘tkazish an’anaga aylandi.

Biroq, O‘zbekistonda “Georgiy lentasi” aksiyasiga munosabat turlichadir.

O‘tgan yil facebook ijtimoiy tarmog‘ida “Biz O‘zbekistonda Georgiy lentasiga qarshimiz” nomli yangi guruh tashkil etilgan edi.

Ushbu guruhga a’zo bo‘lganlar Georgiy lentasining O‘zbekistonda tarqatilishi va taqilishiga qarshi chiqdilar.

O‘zbekistonda lentaning tarqatilishiga qarshi chiqqanlar uning “Rossiya imperializmi timsoli” ekanini aytishadi.

Georgiy lentasini taqiqlash chaqiriqlari O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG