Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:26

Ukraina hukumati ayirmachilarni otashkesimni buzishda aybladi


1-may kuni Ukraina hukumati tarqatgan xabarga ko‘ra, mamlakat sharqida bir ukrain askari o‘ldirilgan va yana bir necha askar yaralangan.

Rasmiy Kiev va Ukraina sharqidagi ayirmachilar Pasxa va 1-may bayramlari munosabati bilan otashkesimga kelishib olgan edilar.

Kelishuv 30 aprelga o‘tar kechasi kuchga kirishi lozim edi.

Ukraina armiyasi so‘zchisi, Oleksandr Motuzyanyukning aytishicha, ayirmachilar armiya mavze’larini o‘tgan tunda Donetsk bo‘sag‘alari doxil bir necha nuqtadan nishonga olganlar.

Ayirmachilar axborot agentligi – Donetsk Axborot Agentligi xabar berishicha, hukumat kuchlari otashkesimga o‘tar kechasi o‘t ochishni to‘xtatmagan.

Ukraina sharqida ikki yildan buyon davom etayotgan to‘qnashuvlarda 9300 nafardan ko‘proq odam halok bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG