Линклар

"Anadolu” agentligining xabar berishicha, yakshanba kuni Turkiya poytaxti Anqarada politsiya 4 nafar jihodchini qamoqqa oldi.

Politsiyaga ko‘ra, ular Anqarada o‘tadigan 1 may tadbirlari paytida portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan. Qo‘lga olinganlar Suriya fuqarosi ekani aytilmoqda.

Anqarada 2015 yilning 10 oktyabrida terrorchilar tomonidan ikkita portlash sodir etilgan va 103 odam halok bo‘lgan edi.

Yakshanba kuni Turkiya janubi -sharqidagi Gaziantep shahrida politsiya bo‘limi oldida sodir etilgan portlashda 2 politsiyachi halok bo‘lgani va 23 odam yaralangani xaqida xabar berilgan edi. Yaralanganlarning 19 nafari politsiyachilardir.

Turkiya xavfsizlik xizmati portlash “Islomiy davlat” guruhi tomonidan sodir etilgani tahmin qilinayotganini bildirgan. Gaziantep shahri Suriyaning “Islomiy davlat” guruhi nazoratida bo‘lgan qismi bilan chegaradosh.

XS
SM
MD
LG