Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:26

Iroqdagi portlashda kamida 32 odam halok bo‘ldi


Iroq janubidagi Samova shahrida yakshanba kuni sodir etilgan ikkita portlashda kamida 32 odam halok bo‘ldi, 70dan ortiq odam yaralandi.

Xabarlarga qaraganda, birinchi portlash tushga yaqin shahar markazidagi avtobus bekatida sodir etilgan. Oradan besh daqiqa o‘tgach, bekatdan 400 metr narida yana bir portlash yuz bergan.

Portlashlar uchun mas’uliyatni “Islomiy davlat” guruhi o‘z zimmmasiga oldi. Avvalroq "Islomiy davlat" guruhi Iroq poytaxti Bag‘dod yaqinidagi portlashlar uchun ham mas’ul ekanini bildirgan edi.

30 aprel kuni Bag‘dod yaqinida bomba o‘rnatilgan avtomashina portlatilishi oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

XS
SM
MD
LG