Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:21

Nazarboev Qozog‘istondagi namoyishlar ortidan Ukrainani tanqid qildi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev o‘z hukumatining yerlarni kimoshdi savdosida sotish qarori qabul qilinganidan so‘ng mamlakatda norozilik namoyishlari o‘tkazilishi ortidan Ukrainadagi voqealarni qoralab chiqdi.

Nazarboev 1 may kuni so‘zlagan nutqida Ukrainada birdamlik va o‘zaro hamjihatlik yo‘qligi sababli ham beqarorlik hukm surmoqda, degan g‘oyani ilgari surdi.

“Sobiq SSSRning ikkinchi yirik davlati bo‘lgan Ukraina bugungi kunda Qozog‘iston iqtisodiyotining yarmiga teng bo‘lgan iqtisodga ega bo‘lib qoldi”, dedi Nazarboev.

1 may kuni Qizilo‘rda va Jano‘zen shaharlarida hukumatning yerlarni kimoshdi savdosida sotish to‘g‘risidagi qaroriga qarshi yangi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Bu namoyishlar politsiya tomonidan tarqatildi.

Bundan avvalroq Aqto‘be, Semey, Aktau va Atirau shaharlarida ham mana shunday mitinglar o‘tkazilgan edi.

Bu norozilik aksiyalariga Ostona rasmiylarining joriy yil 1 iyulidan 1 million 700 ming gektar yer kimoshdi savdosiga qo‘yilishi haqidagi bayonotlari sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG