Линклар

logo-print

Ukrainanining Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili 2 may kuni “mamlakatning tashqi va ichki dushmanlari viloyat hududida fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani” haqida ma’lum qildi.

1 may kuni matbuotga bergan suhbati paytida Saakashvili bu ma’lumot Ukraina milliy xavfsizlik xizmati va boshqa xizmatlar tomonidan taqdim etilganini aytdi.

Saakashviliga ko‘ra, Odessada fitna uyushtirishdan tashqi dushmanlardan tashqari, Moskva bilan aloqasi bo‘lgan “korrupsionerlar va mahalliy mafiya” manfaatdordir.

Saakashvili fitna uyushtiriladigan bo‘lsa huquq organlariga ziddiyatda ishtirok etayotgan shaxslarga o‘q otish to‘g‘risida buyruq berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Odessada 30 apreldan 10 maygacha huquq organlari kuchaytirilgan tartibda ishlaydi. Shaharni qo‘riqlash ishlariga uch ming politsiyachi, Milliy gvardiya va maxsus otryadlar jalb qilingan.

2014 yilning 2 mayida Odessada “Ukraina birligi uchun” harakati hamda Maydon harakatiga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan edi. To‘qnashuv paytida Kasaba uyushmalari uyida yong‘in chiqib, 40 odam halok bo‘lgan. Shu kungacha yong‘in sababi aniqlanmay qolmoqda.

XS
SM
MD
LG