Линклар

Rossiyada politsiyachi va oilasini o‘ldirganlik aybi bilan markaziy-osiyoliklar qo‘lga olindi


Xabarlarga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun gumonlanuvchilar jinoyat joyiga tergov eksperimenti o‘tkazish uchun olib kelingan

Xabarlarga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun gumonlanuvchilar jinoyat joyiga tergov eksperimenti o‘tkazish uchun olib kelingan

Rossiyaning Samara viloyati Sizran shahar politsiyasining sobiq boshlig‘i Andrey Goshta va uning oilasining besh nafar a’zosni o‘ldirganlik aybi bilan qo‘lga olinganlar iqror ko‘rsatmalarini bera boshladi, deya xabar qilmoqda rus matbuoti, Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot vakili Vladimir Markinga tayangan holda.

Tergovchilar ilgari surgan asosiy taxminlardan biri – bosqinchilik versiyasi o‘z tasdig‘ini topdi, deya xabar qildi “Rossiyskaya gazeta”. “Gap shundaki, tintuv natijasida bosqinchilik paytida o‘g‘irlab ketilgan predmetrlar, xususan politsiya xodimi guvohnomasi topildi”, deya iqtibos keltirdi Markinning so‘zlaridan gazeta.

Qo‘lga olinganlarning uchalasi ham Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarolari ekani aytilmoqda.

“Komsomolskaya pravda” gazetasi qo‘lga olinganlardan ikki nafarining shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritganini iddao qilmoqda. Bu iddaolarga ko‘ra, ular O‘zbekistondan kelgan aka-uka Aleksandr va Yevgeniy Nushtaevlardir.

Xabarlarga ko‘ra, yakshanba kuni kechqurun gumonlanuvchilar jinoyat joyiga tergov eksperimenti o‘tkazish uchun olib kelingan.

Sobiq politsiya boshlig‘i Goshta va besh nafar oila a’zosining jasadlari 24 aprel kuni Sizran tumani Ivashevsk qishlog‘idagi ota-onasining uyida topilgan edi. Ularni armaturalar bilan urib o‘ldirishgani xabar qilingan edi. Jinoyatchilar 7 yashar qizni ham ayashmagan, lekin u tirik qolgan va og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozircha qizcha koma holatida qolmoqda.

Markinning bayonotiga asoslangan xabarlarga ko‘ra, gumonlanuvchilarni qo‘lga olish operatsiyasi 1 mayga o‘tar kechasi Samara viloyatida o‘tkazilgan.

Rus matbuoti gumonlanuvchilarning biri Tojikistonga qochishga muvaffaq bo‘lganini ham xabar qildi.

Lekin rasmiylar ehtimoliy jinoyatchilar qaysi mamlakat fuqarolari ekanini aniqlashtirgani yo‘q.

Shuningdek rasmiylar shaxslarini ochiqlamayotgan ehtimoliy jinoyatchilardan ikki nafari yaqinda Rossiya fuqaroligini olgani xabar qilinmoqda.

Mazkur hodisa yuzasida Rossiya Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 2-qismi (bir va undan ko‘proq shaxsni o‘ldirish) va 30-moddasi 3-qismi (birovning joniga qasd qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi jinoyatchilarni qo‘lga olishga yordam beruvchi har qanday ma’lumot uchun uch million rublь mukofot e’lon qildi.

XS
SM
MD
LG