Линклар

2010 yildan beri o‘zbek avtokonsernini boshqaraнщtgan va ayni paytda "O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkati boshqaruv raisi o‘rinbosari bo‘lgan Tohirjon Jalilov tovlamachilik yo‘li bilan shirkat pullarini o‘zlashtirganlikda gumonlanib o‘tgan hafta hibsga olingani ma’lum bo‘ldi. Ozodlik manbalariga ko‘ra, Jalilov GM Uzbekistan korxonasi ishlab chiqargan mashinalarni Rossiyaga eskport qilishda noqonuniy sxemalar yordamida katta miqdordagi mablag‘larni o‘zlashtirganlikdan gumonlanmoqda.

46 yashar Tohirjon Jalilovning qamoqqa olinganligini "O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkatidagi Ozodlik manbasi tasdiqladi.

Manbaning aytishicha¸ GM Uzbekistan Bosh direktori o‘tgan juma kuni MXXning maxsus guruhi tarafidan qo‘lga olinib, tergov qilina boshlangan.

Bundan oldin O‘zbekiston haëtini ërituvchi Internet nashrlarida GM Uzbekistan Bosh direktori qamalgani haqida shov-shuvli ma’lumotlar e’lon qilingan edi.

Bu ma’lumotlarda iddao qilinishicha¸ Jalilov “Rossiyaga jo‘natilgan avtomobillarni kriminal sxema asosida sotgan hamda pullarni offshor banklarga o‘tkazgan”.

Ozodlik muxbiri O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan GM Uzbekistan Bosh direktori hibsga olingani haqida aniq ma’lumotni ola olmadi.

"Eksport-reeksport" yoki "Ravon" qaerga ravona bo‘ldi?

"O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkatidagi Ozodlik manbasining ta’kidlashicha GM Uzbekistan Bosh direktori Jalilov “Rossiyaga eksport qilinishi lozim bo‘lgan Ravon rusumli mashinalar bilan bog‘liq kriminal sxema yaratib katta pul ishlagan”

- Bu mashinalar oldin qog‘ozda Rossiyaga “eksport” qilingan¸ aslida esa Qozog‘istonning Chimkent shahridagi otstoynikka (mashinalarni vaqtincha saqlash uchun tashkil etilgan maydon-tahr.) vaqtincha olib borib qo‘yilgan. Keyin esa imi-jimida bu mashinalar “reeksport” bo‘lib (mamlakatga qayta olib kirilib-tahr.), O‘zbekistonda qayta sotilgan,- deydi Ozodlik manbasi.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, GM Uzbekistan sobiq rahbari "Ravon" mashinalari eksporti bilan bog‘liq noqonuniy sxemani tashkil etganlikda ayblanmoqda

Ozodlik manbalariga ko‘ra, GM Uzbekistan sobiq rahbari "Ravon" mashinalari eksporti bilan bog‘liq noqonuniy sxemani tashkil etganlikda ayblanmoqda

Manba Jalilov bilan birgalikda boshqa mulozimlar ustidan ham nazorat tartibida tergov boshlanganligini aytdi.

Internetdagi Eltuz.com muxbiri o‘z manbasiga tayanib, “Jalilov doxil yana bir nechta kishi hibsga olinganligini” ëzdi.

Ayni nashr iddaosiga ko‘ra: “Chimkentdagi mashinalar saqlanayotgan "otstoynik"da o‘n mingdan ziyod GM Uzbekistan avtomobillari turibdi".

"O‘zavtosanoat" hissadorlik shirkatidagi Ozodlik manbasi bu iddaolarni tasdiqladi va tergovchilar ixtiyorida Chimkentdagi mashinalar saqlanayotgan "otstoynik" tasvirlari borligini aytdi.

Mojaroga prezident ham aralashdimi?

Manbaning ishonishicha¸ GM Uzbekistan rahbari Tohirjon Jalilov O‘zbekiston prezidentining bilvosita aralashuvidan keyin qamoqqa olingan:

- Prezident “Ravon” rusumli avtomobillar eksportining valyuta tushumlari bilan qiziqqanida tayinli javob ola olmagan. Keyin bu holat ustidan tekshiruv boshlanib ketdi¸- deydi manba.

Bu tekshiruv asosida O‘zbekiston Moliya vaziri Rustam Azimov hamda Bosh vazir o‘rinbosari, ayni paytda "O‘zavtosanoat" AK boshqaruv raisi, mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulovga ham jiddiy savollar paydo bo‘lgani aytiladi.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha shu kunlarda "O‘zavtosanoat" tizimlarida jiddiy taftishlar bormoqda.

O‘zbekiston avtomobil sanoatining bir yillik savdo aylanmasi 2015 yilda 4 milliard dollarni tashkil etgan edi.

“O‘zavtosanoat” hissadorlik jamiyati tarkibidi bugungi kunda 70dan ortiq korxona faoliyat yuritayotir. Ular orasida GM Uzbekistan, Samarqand avtomobil zavodi, JV MAN Auto — Uzbekistan avtomobil zavodi bor.

“Asaka” banki raisining qamalishi mashina mojarosi bilan bog‘liqmi?

Joriy yil fevral oyida mamlakatdagi eng yirik banklardan biri hisoblangan “Asaka” banki boshqaruv raisi Qahramon Oripov moliyaviy qalloblikda ayblanib, hibsga olingan edi. Mart oyiga kelib O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Mustafoev ishdan bo‘shatildi.

Ulug‘bek Mustafoev 2013 yilning 3 mart kuni moliyaviy jinoyatlarda ayblanib, hibsga olingan O‘zbekiston Markaziy bankining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Haydarov o‘rniga tayinlangan edi.

O‘z vaqtida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mamlakatdagi eng yirik banklardan biri hisoblangan “Asaka” banki boshqaruv raisi Qahramon Oripovning valyuta jinoyatlari va noqonuniy daromadlar legalizatsiyasi bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib, hibsga olinganini matbuotga bildirgan edi.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, “Asaka” bankdagi jinoyatlar bilan GM Uzbekistan avtomobil shirkati Bosh direktori Tohirjon Jalilovning “tovlamachilik yo‘li pul o‘zlashtirgani” aybi bir zanjirdagi halqalardir:

- Yil boshida “Asaka” banki boshqaruv raisi Qahramon Oripov qamoqqa olinganidan keyin taftishlar davom etdi. Surishtiruvlar natijasida GM Uzbekistan avtomobil shirkati Bosh direktori Tohirjon Jalilov o‘zining valyuta sxemalarini aynan “Asaka” bank orqali amalga oshirgani yuzaga chiqdi¸- deb iddao qildi Ozodlik manbasi.

XS
SM
MD
LG