Линклар

Rossiyaning Omsk viloyatida, Qozog‘iston bilan chegarada poezd provodnigi kupesiga yashiringan olti nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

CA-News agentligining xabar qilishicha, Qozog‘iston hududidan o‘tadigan Belgorod-Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan poezd “Isilko‘l” chegara nazorati punktida tekshiruv o‘tkazgan chegarachilar provodnik kupesining yuklar bo‘limida qoplar orqasida yashiringan olti nafar o‘zbek muhojirini topib olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, avvalroq O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan Rossiya hududiga kirishni taqiqlovchi qaror chiqarilgan. Qo‘lga olinganlar ustidan noqonuniy migratsiyaga aloqadorlik bo‘yicha tekshiruv olib borilayotgani aytilmoqda.

Xabarda yana aytilishicha, yaqinda Omsk viloyatida mahalliy bozorlardan birida maneken bo‘lib olgan 20 nafar nolegal migrant qo‘lga olingan. Migratsiya xizmati o‘tkazgan reyd paytida ular do‘konda sotilayotgan kiyimlarni kiyib, ko‘rgazmaga turib olishgan.

XS
SM
MD
LG