Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:58

"Bin Laden" operatsiyasini Twitter orqali qayta gavdalantirgan MRB "bachkanalik"da tanqid qilindi


AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi 2 may kuni Al-Qoyda sobiq etakchisi Usama Bin Laden o‘ldirilganiga besh yil to‘lishi munosabati bilan Twitter orqali sahnalashtirgan “jonli tivt” sessiyasi uchun tanqidga uchramoqda. 2 may kuni uyushtirilgan “jonli tvit” voqealar “xuddi bugun ro‘y berayotgandek” taqdim etildi.

Al-Qoyda yetakchisi 2011 yilning 2 may kuni Pokistonning Abbotobod shaharchasida mahalliy vaqt bilan erta tongda AQSh flotining maxsus guruhi operatsiyasi paytida o‘ldirilgan edi.

Voqeada roppa-rosa besh yil o‘tib, MRB maxsus operatsiyaning har bir bosqichi ro‘y bergan ayni daqiqalarda o‘sha kungi hodisalarni qayta gavdalantiruvchi tivt xabarlarni, fotolarni ilova qilgan holda, tarqatib turdi.

Tivtlar orasida Bin Laden yashiringan uyning rasmlari hamda Oq Uyning operatsiyani boshqarish xonasida Bin Laden o‘ldirilgani to‘g‘risidagi xabarni eshitgan prezident Obama va uning ma’muriyati vakillari tasvirlangan foto ham bor edi.

Bu aksiya tanqidchilari Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda uni “bachkana” va “uyatli”, deya qoralashdi.

XS
SM
MD
LG