Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

Jon Kerri: Rossiya va aksil-IShID koalitsiya Suriyada sulhni qayta joriy qilish ustida ishlamoqda


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya va “Islomiy davlat”ga qarshi koalitsiya vakillari o‘rtasidagi muzokaralar Suriyada, jumladan Aleppo shahrida sulhning qayta joriy etilishini nazarda tutuvchi “o‘zaro anglashinuv bosqichiga yaqinlashmoqda”, deya bayon qildi.

2 may kuni Jenevada Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bilan uchrashuv oldidan qilgan chiqishida Kerri bu masalada “yana biroz ishlash kerakligini” qo‘shimcha qildi.

Muzokaralardan keyin Jubayr bilan qo‘shma matbuot anjumanida gapirgan Kerri “Suriya ko‘p jihatda hamon nazoratdan tashqarida”, deya ta’kidladi. Hukumat kuchlari bilan isyonchilar o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitim imzolanmaguncha Suriyada legitim tinchlik muzokaralarini o‘tkazib bo‘lmaydi, deya ogohlantirdi Kerri.

Jubayr sulh bo‘yicha kelishib olinganiga qaramasdan Aleppoda janglarning avj olishini qoralab, “bu barcha gumanitar qonunlarga ziddir”, deya ta’kidladi. U o‘tgan hafta yuzlab odamning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan havo hujumlari uchun Suriya Prezidenti Bashar Assadni aybladi. Assad, dedi Saudiya rasmiysi, yo siyosiy bitim doirasida iste’foga ketishi kerak, yoki kuch bilan hokimiyatdan olinishi kerak.

Ayni paytda Kreml Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 3 may kuni Moskvada BMTning Suriya bo‘iycha vakili Shteffan de Mistura bilan uchrashishini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG