Линклар

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboev hukumatga qarashli yerlarni kimoshdi savdosida sotish qarori qabul qilinganidan so‘ng mamlakatda boshlangan norozilik namoyishlari ortidan Ukrainadagi voqealarni qoralab, aholini birdamlikka chaqirdi.

Nazarboev 1 may kuni qilgan chiqishida birdamlik va o‘zaro hamjihatlik yo‘qolsa, uning oqibati yomon bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy qiyinchiliklarni misol qatori tilga oldi.

“Sobiq SSSRning ikkinchi yirik davlati bo‘lgan Ukraina bugungi kunda Qozog‘iston iqtisodiyotining yarmiga teng bo‘lgan iqtisodga ega bo‘lib qoldi”, dedi Nazarboev.

“Chunki u yerda birdamlik hissi, maqsadga intilish yo‘q, muammolar hal qilinmayapti, aholi jang qilish, o‘ldirish, janjallashish kabi boshqa ishlar bilan mashg‘ul”, deya so‘zini davom ettirdi prezident.

1 may kuni Qizilo‘rda va Janao‘zen shaharlarida hukumatning yerlarni 1 iyuldan boshlab kimoshdi savdosida sotish to‘g‘risidagi qaroriga qarshi yangi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Guvohlarning aytishicha, Qizilo‘rdada bir necha namoyishchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Bir guruh namoyishchi esa mahalliy rasmiylarga arzlarini izhor qilish uchun shahar teatrida chaqirilgan.

Namoyishchilar Qizilo‘rda viloyati gubernatori o‘rinbosari Serik Kojaniyazovga hukumat o‘ziga tegishli yerlardan foydalanayotib fuqarolar fikrini inobatga olishi kerakligini aytishgan. Kojaniyazov esa yerlarni hozir boshqarayotgan shaxslar ularga yaxshi qaramayotganini aytib, rejalashtirilgan xususiylashtirishlar qonuniy va kerakli qadam ekanligini ta’kidlagan.

Yerlar xorijliklarga sotilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar turki bo‘lgan namoyishlar 24 apreldan beri davom etib kelmoqda.
Qozog‘iston hukumati qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan erlar xorijliklarga sotilmasligini, balki lizingga berilishini ta’kidlab, ularning xususiylashtirilishi haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish jinoyat ekanligi haqida ogohlantirmoqda.

26 aprel kuni Nazarboev noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib ijtimoiy notinchlik keltirib chiqarayotgan “provokatorlarni” jazolashga ont ichdi.
Prezident xorijliklar ekin ekiladigan erlarni xorijliklar 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan muddatga ijaraga olishini aytib, e’tirozga sabab bo‘lgan qonunni himoya qildi.

Muxolifat butunlay jilovlangan va ommaviy axborot vositalari ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan Qozog‘iston sobiq sovet mamlakatlari orasida Rossiyadan keyingi ikkinchi eng yirik neft eksport qilkvchi davlatdir.

Ammo neft narxining tushib ketishi ortidan mamlakat pul birligi qadrsizlanib ketdi. Buning ortidan o‘tgan yili poytaxt Ostonoda hamda eng yirik shahar Olmaotada namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

XS
SM
MD
LG