Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:59

OzodlikOnline: O‘zbekiston mashina bozoridagi janjal kimgacha boradi?


Shu kunlarda “General Motors O’zbekiston” shirkati rahbarlari taqdiri MXX podvalida hal bo‘lmoqda. Shirkat bosh direktori katta moliyaviy firibgarlikda ayblanib¸ qamoqqa olinganidan so‘ng¸ O‘zbekiston avtomobil sanoatida jiddiy notinchlik boshlandi. Sizningcha¸ bu sanoatdagi firibgarliklar qaerda boshlanib¸ qaerda tugaydi? Bilganlaringizni seshanba kungi jonli suhbatda o‘rtoqlashing.

Mustaqil O‘zbekiston iqtisodining eng katta yutug‘i sifatida ko‘z-ko‘z qilib kelingan “General Motors O’zbekiston” shirkati rahbarlari taqdiri shu kunlarda MXX podvalida hal bo‘lmoqda. Shirkat bosh direktori Tohirjon Jalilov katta moliyaviy firibgarlikda ayblanib¸ qamoqqa olinganidan so‘ng¸ O‘zbekiston avtomobil sanoatida jiddiy notinchlik boshlangan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ MXXning sobiq Gvardeyskiy ko‘chasidagi tergov izolyatorida so‘roq qilinayotgan Jalilov “Rossiyaga jo‘natilgan avtomobillarni kriminal sxema asosida sotgan hamda pullarni offshor banklarga o‘tkazgan”likda ayblanmoqda.

Bu firibgarlik sxemasi¸ ayrim taxminlarga ko‘ra¸ prezident Karimov 2015 yil oktyabridan boshlab Rossiyaga Ravon brendi ortida eksport qilinayotgan GM Uzbekistan avtomobillari savdosidan kelaëtgan valyuta bilan qiziqqanidan so‘ng fosh etilgan.

Jalilov hibsga olinganidan so‘ng¸ “O‘zavtosanoat” kompleksi raisi¸ Toshkent hukumatining mashinasozlik, elektrotexnika va aviatsiya sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari majmuasi rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov taqdiri ham savol ostida qolgan.

Ayrim taxminlarga ko‘ra¸ bu janjalning bir chekkasi O‘zbekiston boshqaruvida ko‘pdan saqlanib kelayotgan qudratli shaxs va klanlarni ham o‘z girdobiga tortishi mumkin.

Normal bozor qonun-qoidalariga zid ravishda faoliyat ko‘rsatib kelayotgani aytiladigan GM Uzbekistan shirkatining hozirda tergov markaziga tushgan firibgarlik sxemalari haqida Siz nimalarni bilasiz?

Yuzlab million dollar davlat pulining offshor hisoblariga ko‘chishi¸ o‘n minglab mashinaning jismonan chegaradan kirdi-chiqtisini o‘z ichiga olgani aytilayotgan bunday katta ko‘lamli firibgarlik nega hozirgacha MXX va prokuratura nazaridan chetda qolib keldi?

Shu kunlarda borayotgan tergov-tekshiruv¸ Sizningcha¸ nima bilan tugaydi?

GM Uzbekistandagi firibgarlik va boshqa jinoyatlarning fosh etilishi¸ O‘zbekiston avtomobil bozorining monopolistiga aylantirilgan bu shirkatning keyingi faoliyatiga qanday ta’sir qiladi?

Bu haqdagi fikr-mulohazalaringiz bilan seshanba¸ 3 may kuni Toshkent vaqti bilan kechki soat 7 da boshlanadigan jonli suhbatimizda ishtirok eting.

Muloqotga OzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari¸ shuningdek¸WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420 724 971 539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG