Линклар

logo-print

Ozarbayjonda qamoq jazosini o‘tayotgan Xadicha Ismoilova “murakkab sharoitda matbuot erkinligiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” BMTning ommaviy axborot vositalari sohasidagi mukofotiga loyiq topildi.

Ozodlikning ozariy xizmati xodimasi Xadicha Ismoilova matbuot erkinligiga qo‘shgan hissasi uchun YuNESKOning Gilyermo Kano mukofotiga o‘tgan oy sazovor bo‘lgandi. Bu mukofotni topshirish marosimi 3 may kuni Finlyandiyada o‘tkaziladi.

25 ming dollarlik mazkur mukofotga 1986 yili Bogotada o‘ldirib ketilgan kolumbiyalik jurnalist Gilyermo Kano Isaza nomi berilgan.

Ozarbayjon hukumatidagi korruptsiya va prezident Ilhom Aliev oilasiga taalluqli biznes haqida qator jurnalistik tekshiruvlar olib borgan Xadicha Ismoilova 2015 yilning sentyabrida Boku sudi tomonidan yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Huquq faollari Ismoilovaga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG