Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:37

NATO Boltiqbo‘yida qo‘shin joylashtirish haqida bosh qotirmoqda


NATO “Rossiya tajovuzi”ni tiyib turish uchun Boltiqbo‘yi mamlakatlarida va ehtimolki, Polshada rotatsiya qilinuvchi quruqlik kuchlari tashkil qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Esh Karter ma’lum qildi.

Karterga ko‘ra, NATOdagi ittifoqchilar tashkil etishni muhokama qilayotgan harbiy kontingent to‘rt batalyondan iborat bo‘lishi mumkin. Bu 4 ming chog‘li askar demakdir.

Pentagon rahbari bu bayonotni jurnalistlarga AQShning Yevropadagi qo‘mondonligi joylashgan Germaniyaning Shtutgart shahriga ketish chog‘ida berdi.

Avvalroq AQSh rasmiylari keyingi yil fevralida Sharqiy Yevropaga 4 ming 200 harbiydan iborat tank brigadasini yuborish rejasi borligi haqida bildirgandilar.

Karter Boltiqbo‘yida rotatsiya qilinuvchi quruqlik kuchlari tashkil etish masalasi NATOning iyun oyida o‘tkazilajak uchrashuvida muhokama etilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

XS
SM
MD
LG