Линклар

logo-print

AQSh Davlat departamenti siyosiy sabablarga ko‘ra qamalgan va hozirda jazo muddatini o‘tayotgan jurnalist Sergey Reznikni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi.

Bu haqda 2 may kuni Vashingtonda Davlat departamenti rasmiysi Jon Kirbi matbuot erkinligi kampaniyasi doirasida bayonot berdi.

Rossiyaning Rostov shahridan bo‘lgan jurnalist va bloger Sergey Reznik 2015 yilning yanvar oyida mansabdor shaxsni haqorat qilganlikda ayblanib 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

O‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni butunlay rad etgan Reznik buni korruptsiya mavzusida yozgan maqolalari uchun qasos, deya baholagan.

2013 yil oktyabrida rostovlik jurnalist hujumga uchragan va qattiq kaltaklangandi. Biroq hujumchilar topilmagan.

AQSh Davlat departamentining Sergey Reznikni ozod qilishga oid chaqirig‘i 3 mayda nishonlanadigan Jahon matbuot erkinligi kuni arafasida yangradi.

XS
SM
MD
LG