Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:43

Toshkentda tramvay harakati butunlay to‘xtatildi


2 may kuni Toshkentda Beshqayrag‘och-Otchopar yo‘nalishi bo‘ylab yurgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi yopildi.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, dushanba kuni ertalab 17-yo‘nalishli tramvaylar ishga chiqqan, biroq vagonlardan biri relьsdan chiqib ketganidan keyin haydovchilarga depoga qaytish buyurilgan. Ertalab soat 9 da so‘nggi tramvay depoga qaytgan. Biroq bu haqda avvaldan e’lon qilinmagani uchun, O‘zbekiston nashrlari xabariga ko‘ra, kecha bekatlarda tramvay kutgan yo‘lovchilarni ko‘rish mumkin edi.

“Toshkent tramvayi” shirkati vakillari O‘zbekiston poytaxtida tramvay harakati to‘la yopilganini tasdiqlaganlar.

Toshkentda barcha tramvay yo‘nalishlari yopilishi haqida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov mart oyi boshida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgandi.

Tramvaylardan voz kechilishiga bu transport turining samarasizligi sabab o‘laroq keltirilgan.

XS
SM
MD
LG