Линклар

Jizzaxda IShIDga aloqadorlikda ayblanib sudlanmish fermer Aramais Avakyanning advokati Olim Qobilov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Pora berganlik) va 211-moddasi (Tovlamachilik) bo‘yicha 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Asia Terra sayti Jizzaxdagi o‘z manbalari so‘zlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Nashrning qayd etishicha, Olim Qobilov Avakyanning ikkinchi advokati bo‘lgan. Uning avvalgi advokati Laylo Abdullaeva maxsus xizmat xodimlari tomonidan qo‘rqitilganidan keyin Avakyanni himoya qilishdan voz kechgan.

Olim Qobilovning advokatlik litsenziyasi Avakyan ustidan so‘nggi mahkamaga bir necha kun qolganda to‘xtatilgan, uning ustidan “pora berganlik” va “tovlamachilik” moddalari bo‘yicha jinoiy ish ochilgani uchun u hukm o‘qilgan sudda ishtirok etolmagan.

Armani millatiga mansub nasroniy Aramais Avakyan mart oyida 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. U IShIDga xayrixoh terror guruhini tuzish va hamyurtlarini "Islomiy davlat"ga yo‘llashga hozirlik ko‘rishda ayblanib sudlangan. Fermer Avakyanning sudlanishiga uning Paxtakor tuman hokimi bilan nizolashgani sabab bo‘lgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG