Линклар

logo-print

O‘zbekistonda 9 may – Xotira va qadrlash kuni o‘tkaziladigan tadbirlar ro‘yxatida “Barhayot polk” nomli aksiya yo‘q. Bu haqda Toshkent shahar hokimiyati sayti xabar qiladi.

Avvalroq Toshkentda 9 may kuni “Barhayot polk” tadbiri o‘tkazilishi haqida Rossiyaning “Novosti” agentligi tadbir tashkilotchisi Gleb Voronovga tayangan holda xabar tarqatgandi.

Xabarda aytilishicha, 1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushi yillarida halok bo‘lganlar xotirlanadigan mazkur marosimni o‘tkazish uchun Toshkent shahar hokimiyati ruxsat bergan.

Toshkent hokimiyati ma’lumotiga ko‘ra, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Mustaqillik maydonining Xotira majmuasida rasmiy tadbirlarning bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu kun munosabati bilan talaba va o‘quvchi yoshlar “Xotira va qadrlash maydoni”, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi, Qurolli kuchlar muzeyi hamda “Shahidlar xotirasi” maydonlarigasayohat qilishlari ham qayd etilgan. Shuningdek, Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Avlodlar uchrashuvi”, “E’zoz”, “Ehtirom” va “Tinchlik darsi” tadbirlarini o‘tkazish mo‘ljallangan.

XS
SM
MD
LG