Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:51

Jukovskiyga bir umrlik qamoq o‘z kuchida qoldirildi


Shvetsiyadagi mahkama o‘zbekistonlik taniqli imom Obid qori Nazarov joniga qasd qilishda ayblangan Yuriy Jukovskiyga nisbatan avval chiqarilgan bir umrlik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi.

57 yoshli Obid qori Nazarov 2012 yilning 22 fevralida Shvetsiya shimolidagi Stromshund shaharchasida o‘z uyi yo‘lagida otib ketilgandi.

37 yoshli Jukovskiy qotillikda gumonlanib, o‘tgan yil Rossiyadan Shvetsiyaga ekstraditsiya qilingan edi.

Nazarov shu kungacha kasalxonada koma holatida qolmoqda.Jukovskiy o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olmasdan keladi. Biroq u sudda hamma narsani ochiqcha gapira olmasligini e’tirof etgan.

O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Yuriy Jukovskiy o‘tgan yilning 25 avgustda Rossiyadan Shvetsiyaga ekstraditsiya qilingan edi.

XS
SM
MD
LG