Линклар

logo-print

Noma’lum qurollilar Afg‘onistonning O‘zbekistonga tutash bo‘lgan Kaldor chegara postiga hujum qilgan.

Afg‘oniston askarlari bo‘lgan ikkita postga dushanba kuni qilingan hujumda hech kim talafot ko‘rmagan.

Afg‘on politsiyasi hujum qilganlar tolibon jangarilari bo‘lgani, ular Qunduz viloyatidan kelganini taxmin qilmoqda.

Afg‘onistondagi notinchlik uni qo‘shnilari, xususan, O‘zbekiston va Tojikistonni tashvishga solib keladi.

Hozirda O‘zbekiston va Turkmaniston tomonidan Afg‘oniston chegarasi qattiq qo‘riqlanayotgani, mamlakat qurolli kuchlari jangovor holatga keltirilgani xabar qilinmoqda.

XS
SM
MD
LG