Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:05

Cho‘pon so‘nggi nonini o‘zi yemay itiga beradi


Qo‘riqchi itlar. Aka-uka Latifiylar olgan surat.
Qo‘riqchi itlar. Aka-uka Latifiylar olgan surat.

Tojikiston cho‘ponlari va ularning chorvasini qo‘riqlaydigan itlar hayotini yoritish uchun taniqli tojik jurnalisti, marhum Otaxon Latifiyning ikki o‘g‘li Internetda “Daxmarda.Ru” nomli maxsus sayt tashkil qilishdi.

Aka-uka Alixon va Latif Latifiylarning aytishlaricha, ular qariyb qirq yildan buyon cho‘ponlar, qo‘ylar va chorvani qo‘riqlaydigan itlarni hayotini o‘rganib kelishadi.

Latif Latifiyga ko‘ra, ular yilda ikki marta o‘z tashabbuslari bilan qo‘ylarni qishki va yozgi yaylovlarga ko‘chishini kuzatish uchun maxsus ekspeditsiya tashkil qiladi:

“Har kuni yaylovga ketayotgan yoki qaytayotgan o‘nga yaqin suruvni kuzatish mumkin. Biz suruvlarni qo‘riqlab borayotgan har bir itni yoshligidan nomlarini yozib olib, umrining oxirigacha kuzatamiz. It egalaridan uning hayotida sodir bo‘lgan voqealar – bo‘ri, ayiq yoki shoqolni qanday o‘ldirgani haqidagi hikoyalarini yozib olamiz”, deydi Latif.

Cho‘pon itlari bialn.
Cho‘pon itlari bialn.

Aka-uka Latifiylar hisob-kitobicha, hozir Tojikistonda 15-18mingta qo‘riqchi it qolgan. Sobiq ittifoq davrida ularning soni 40 mingta bo‘lgan.

Latifiyning aytishicha, yuzta tug‘ilgan qo‘riqchi it bolasidan kuzga borib 25-30tasi yashab qoladi:

“Afsuski, SSSR davrida Tojkistonga ko‘p “begona” itlarni olib kelishgan. Bu itlar o‘zi bilan turli xil kasalliklarni olib kelgan, ammo bizning itlar bu kasalliklarga qarshi kurasholmagan. Bu esa zotli tojik itlarining kamayib ketishiga sabab bo‘lgan”.

Suhbatdoshlarning aytishicha, qo‘riqchi itlar hozir faqat cho‘ponlarda qolgan.

Yutub tarmog‘ida qo‘riqchi itning bir necha shoqolni o‘ldirganligi haqidagi video ham joylashtirilgan.

Alixon Latifiyga ko‘ra, qo‘riqchi itlarning aktiv faoliyati ularning uch yoshligidan boshlanadi va bir tojik qo‘riqchi iti o‘rtacha 7-8 yil umr ko‘radi:

“Umuman olganda qo‘riqchi itning hayoti juda og‘ir kechadi. Chunki ular kechayu-kunduz xizmatda bo‘ladi va oqibatda erta o‘ladi. Ko‘p hollarda bo‘ri, yo‘lbars, ayiq tishu-tirnoqlaridan olingan jarohatlar bunga sabab bo‘ladi”, deydi Alixon.

Latif Latifiga ko‘ra, cho‘ponlar o‘z itlarini shu darajada qadrlaydiki, o‘zi och qolsa ham itining qornini to‘ydiradi:

“Suruvning xavfsizligi eng avvalo itlarning quvvati va salomatligiga bog‘liq. Yaxshi qo‘riqchi it bolasinining narxi ba’zan ming dollargacha ko‘tariladi”, deydi Latif.

Cho‘ponlar itlariga Olapar, Siyoh, Polvon, Yo‘lbars kabi nom beradilar. Lekin so‘nggi paytda, itlarni Van Dam, Reks, Rokki, Rembo kabi ismlar bilan atash urf bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG