Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:20

Qozog‘istonda 21 yoshli o‘zbekistonlik qotillikda ayblanmoqda


Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi keksa ayolni o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olindi.

Qaraganda militsiyasining 3 may kuni ma’lum qilishicha, 1995 yilda tug‘ilgan va Qarag‘andada 9 oydan beri yashab kelayotgan O‘zbekiston fuqarosi 61 yoshli ayolni o‘ldirib, uning uyidan uch banka murabbo, o‘nta tuxum, noutbuk va 20 ming tanga pulni o‘g‘irlab chiqib ketgan.

Militsiyaning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik kampirning nevarasi bilan do‘stlashgan va ularning uyida bir necha marotaba mehmon bo‘lgan. Shuning uchun ham ayol nevarasining do‘stiga eshikni qo‘rqmay ochgan.

Qo‘lga olingan o‘zbekistonlik onasi va singlisi uni muntazam ravishda kerakli miqdorda pul ishlay olmaganlikda ayblab kelgan. Shuning uchun ham u pul topish uchun qotilikka qo‘l urishga majbur bo‘lganini tan olgan.

XS
SM
MD
LG