Линклар

logo-print

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbekistonda davlatga qarashli 178 korxona aktivlari xususiy sektorga sotildi. Aksiyalar sotilishidan davlat byudjetiga tushgan mablag‘ miqdori 216 milliard so‘mni tashkil qildi.

Bu haqda 3 may kuni O‘zbekiston statistika qo‘mitasi ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumotnomada aytilishicha, O‘zbekistondagi 6 ta yirik aksiyadorlik jamiyatlaridagi davlat aksiyalarining 15 foizi ham xorij sarmoyadorlariga sotilgan.

Joriy yilning birinchi choragida davlat ulushiga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 1,8 barobarga kamaygan, ya’ni 378tadan 209taga tushib qolgan.

O‘zbekiston statistika qo‘mitasining bildirishicha, 2016 yilning yanvar, fevral va mart oylarida tadbirkorlarga 3 trillion 600 milliard so‘m kredit berilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 773 milliard so‘mga ko‘proqdir.

XS
SM
MD
LG