Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:49

Toshkentda "Oltin qalam" mukofoti jurnalistlarga topshirildi


Toshkentda 3 may - Xalqaro so‘z erkinligi kunida “Oltin qalam” milliy jurnalistika mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zAning bildirishicha, joriy yilda mazkur mukofot “Toshkent” telekanaliga, “O‘zbekiston temir yo‘llari" shirkati matbuot xizmatiga, “Jahon” axborot agentligi fotomuxbiri Anvar Ilyosovga topshirilgan.

“Oltin qalam” mukofoti 2006 yilda prezident Islom Karimov ko‘rsatmasi bilan joriy etilgan edi. Mazkur mukofot har yili Xalqaro so‘z erkinligi kuni jurnalistlarga topshiriladi. Biroq xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonni so‘z ekrinligi mavjud bo‘lmagan davlatlar qatoriga kiritib keladi.

XS
SM
MD
LG