Линклар

AQSh mudofaa vaziri Esh Karter NATOning Yevropadagi qo‘shinlari yangi qo‘mondoni Kertis Skaparottini tanishtirdi.

Skapparotti iste’foga chiqqan AQSh generali Filipp Bridlavning o‘rniga tayinlangan.

Esh Karter 3 may kuni Germaniyaning Shtutgart shahridagi AQSh harbiy bazasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Skaparrotini yig‘ilganlarga tanishtirar ekan, Qo‘shma Shtatlar Boltiqbo‘yi mamlakatlari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarishda sobit ekanini ta’kidladi.

AQSh mudofaa vaziri Germaniyaning Litvaga askar jo‘natish rejasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Mazkur rejadan ko‘zlangan asosiy maqsad NATO va Rossiya o‘rtasidagi keskinlikning kuchayib borayotganidan tashvishlanayotgan Sharqiy Yevropa davlatlarini tinchlantirishdir.

XS
SM
MD
LG