Линклар

Qamoqda saqlanayotgan ozarbayjonlik jurnalist Xadija Ismoilovaga 3 may kuni topshirilgan YuNESKOning Gilermo Kano mukofotini jurnalistning onasi Elmira Ismoilova Finlandiyada qabul qilib oldi.

“Jurnalistlar jim tursa insoniyat azob chekadi. Shuning uchun ham jurnalistlarning o‘ldirilishi insoniyatga qarshi jinoyat hisoblanadi”, dedi mukofotni qabul qilib olayotib Elmira Ismoilova.

Pul miqdorida 25 ming dollarga teng bo‘lgan Gilermo Kano mukofoti 3 may - Xalqaro so‘z erkinligi kunida og‘ir sharoitlarda so‘z erkinligini rivojlantirishga hissa qo‘shgan jurnalistlarga beriladi. Gilermo Kano kolumbiyalik jurnalist bo‘lib, u 1986 yilda Bogotada o‘ldirib ketilgan edi.

Ozodlik radiosining ozarbayjon xizmati jurnalisti bo‘lgan Xadija Ismoilova prezident Ilhom Aliev va uning yaqinlarining korrupsiyaga aralashgani to‘g‘risidagi maqolalari ortidan iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

XS
SM
MD
LG