Линклар

logo-print

Yevropa Ittifoqini kengaytirish masalasi bo‘yicha komissar Yoxannes Xan Turkiya fuqarolariga Ukraina, Gruziya va Kosovo fuqarlariga nisbatan tezroq Yevropa Ittifoqiga vizasiz kirish hukquqi berilishi to‘g‘risidagi taxminlarni rad etdi.

“Biz barcha davlatlarga teng munosabatda bo‘lamiz. Bu esa biz Ukraina, Gruziya, Kosovo va Turkiyaga nisbatan bir hil metodologiyani qo‘llayotganimizdan darak beradi”, dedi Yoxannes Xan 3 may kuni Ozod Yevropa-Ozodlik radiosining Pragadagi qarorgohida bergan intervyusida.

Yevropa Ittifoqi Turkiya Suriyadan kelayotgan qochqinlarni o‘z hududida ushlab turishi evaziga Anqaraga katta miqdorda moliyaviy yordam ko‘rsatish va turk fuqarolariga vizasiz Yevropa Ittifoqiga kirish huquqi berilishini va’da qilgan edi.

Turkiya 3 may kuni Yevropa Ittifoqining Shengen hududiga kiruvchi mamlakatlar fuqarolari uchun vizani bekor qilgan edi.

XS
SM
MD
LG