Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:27

Xannes Xanso: Rossiya samolyotlari Estoniya chegarasini buzmoqda


Rossiya harbiy samolyotlari muntazam ravishda Estoniya chegarasini buzmoqda. Bu haqda 3 may kuni Estoniya mudofaa vaziri Xannes Xanso Fransiya poytaxti Parijga qilgan rasmiy safari paytida ma’lum qildi.

Xansoning bildirishicha, rus harbiy samolyotlarining chegaralarni buzishi oqibatida yo‘lovchilarni tashuvchi samolyot bilan to‘qnashuv ro‘y berishi mumkin.

“Harbiy samolyot bilan yo‘lovchi tashuvchi samolyotning to‘qnashuvini tasavvur qiling. Aqli raso davlatlar bu kabi harakatlarni amalga oshirmaydi. Rossiyaning bu harakatini fitna, deb baholash mumkin”, dedi Estoniya mudofaa vaziri.

Fransiya mudofaa vaziri Jan Iv le Drian seshanba kuni Xanso bilan uchrashuvda Fransiya Boltiqbo‘yi davlatlari xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Estoniya va Fransiya mudofaa vazirlari kiber xavfsizlik masalasi yuzasidan texnik shartnomani imzoladi. Bungacha Fransiya faqat Britaniya va AQSh bilan kiber xavfsizlik sohasida hamkorlik shartnomasini imzolagan edi.

XS
SM
MD
LG