Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:55

"Boing"ni urib tushirgan "Buk" Rossiyaniki bo‘lganiga yana bir dalil topilgani aytildi


Bellingcat xalqaro tadqiqot guruhi 2014 yilning iyulida Ukraina sharqida Malayziyaga qarashli “Boing” samolyotini urib tushirgan “Buk” zenit-raketa kompleksining bort nomerini aniqlagani to‘g‘risida bayonot berdi.

Bu haqda Bellingcatning “Buk 3×2”: yo‘qolgan raqam siri”, deb atalgan va 4 mayda e’lon qilingan hisobotida aytilgan.

Bellingcat ekspertlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Malayziyaga qarashli “Boing” samolyotini urib tushirgan “Buk” zenit-raketa kompleksi Rossiyaning Kursk oblastida joylashtirilgan 53- zenit-raketa brigadasi tasarrufida bo‘lgan.

2014 yilning 17 iyulida Amsterdam - Kuala-Lumpur yo‘nalishida parvoz qilayotgan Malaysia Airlines qarashli “Boing” samoleti urib tushirilgan, uchoq bortidagi 298 kishi halok bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG