Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:10

Rossiya Ukrainadan Savchenkoning jazoni o‘tajagiga kafolat so‘ramoqda


Rossiya Jazoni o‘tash federal xizmati ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenkoning jazoni o‘tajagiga Ukraina kafolat berishini talab qilmoqda. Shu talab bajarilgan taqdirdagina Savchenkoning hujjatlari uni Ukrainaga o‘tkazib berish uchun sudga taqdim etiladi. Bu haqda nomi tilga olingan xizmatga tayanib Novosti agentligi xabar qildi.

Yaqinda Nadejda Savchenkoga uni Ukrainaga ekstraditsiya qilish uchun kerak bo‘lgan rasmiy hujjatlar taqdim qilingan edi. Bu haqda 28 aprel kuni uning advokati Mark Feygin ma’lum qilgandi.

Feygin Savchenkoning Rossiyadan Ukrainaga ekstraditsiyasi bir necha oyga cho‘zilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

22 mart kuni Rossiya sudi uchuvchi Nadejda Savchenkoni Ukraina sharqidagi urushni yoritayotgan ikki nafar rus jurnalisti o‘limida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum etgan. Nadejda Savchenko o‘ziga nisbatan ayblovlarni “uydirilgan” deb atab, ularni tamoman rad qilib keladi.

34 yoshli Savchenkoni Ukrainada milliy qahramon va Qrimni tortib olgan Rossiyaga qarshi kurash tamsilchisi, deb biladilar.

Avvalroq Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Savchenkoni Donbassda asir olingan rus askarlariga almashtirish borasida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan kelishuvga erishgani haqida bildirgandi.

XS
SM
MD
LG