Линклар

Rossiyaning Vostochniy kosmodromidan 28 aprelda "Soyuz-2.1a" raketasida fazoga olib chiqilgan kosmik sun’iy yo‘ldosh aloqaga chiqmadi.

TASS axborot agentligi bilan suhbatda Rossiyaning raketa sanoatidagi manba SamSat-218 sun’iy yo‘ldoshi ish rejimiga o‘tmagan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Aytilishicha, tegishli muassasalar sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatish urinishlarini to‘xtatib, uni yo‘qolgan, degan qarorga kelishi mumkin.

"Soyuz-2.1a" raketasi fazoga yana ikkita yo‘ldosh olib chiqqan.

Raketani uchirishga dastlabki urinish 27 aprelda amalga oshirilgan edi. Biroq start berilishiga bir yarim daqiqa qolganda apparatda nosozlik aniqlanib, parvoz bekor qilingan edi.

XS
SM
MD
LG