Линклар

37 yoshli Jamshid To‘raev ikkinchi marta dunyo rekordini qayd etdi. Bu haqda Ginnes rekordlari sayti xabariga tayanib, uz24.uz sayti xabar qildi.

Aytilishicha, Jamshid To‘raev bir daqiqa ichida ikki barmog‘ida 19 marta tortilgan. To‘raev aslida 25 marta tortilgan bo‘lsada, lekin qo‘yilgan talablarga javob bermaganligi sababli 6 martasi hisoblanmadi, deyiladi xabarda.

O‘zining rekordni ro‘yxatga olish talabnomasida xabar qilishicha, u ikki barmog‘ida tortilish bilan besh yil davomida shug‘ullanib keladi. Jamshid To‘raev ma’lumoti bo‘yicha - huquqshunos.

Bu 37 yoshli sport tashabbuskori hisobidagi ikkinchi rekord hisoblanadi. Jamshid To‘raev 2015 yilning may oyida bir daqiqa ichida 23 marta orqa tomondan turnikda tortilib rekord o‘rnatgan edi.

XS
SM
MD
LG