Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:30

Bosh vazir o‘rinbosari milliy siynaband yaratish taklifi bilan chiqdi


Eltuz.com rassomi Bositxonova tashabusini hajv qildi.
Eltuz.com rassomi Bositxonova tashabusini hajv qildi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova taklifiga binoan Toshkentdagi “Sharq liboslari”dizayn studiyasi milliy uslubdagi cho‘milish kiyimlari yaratish ishlarini boshladi. Surxondaryo va Qoraqalpog‘istonda esa ayni mulozim buyrug‘i bilan ayollar uchun basseynlar qurish ishlari boshlandi. Shu asnoda “Oila davrasida” gazetasi ayollar basseyni qanday bo‘lishi kerakligi haqida maqola chop qildi.

Ozodlikning Surxondarë viloyat hokimligidagi manbasining aytishicha¸ Bosh vazir o‘rinbosari “videselektor” o‘tkazib qishloqlarda ayollar uchun basseyn qurish va milliy cho‘milish libosi yaratish haqida uqtirgan:

- O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniyat va sport ishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda ushbu vazirlik-idoralarning joylardagi boshqarma va bo‘linmalari ishtirokida videokonferensiya tashkil etildi. Unda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova , ayollar va qizlarni qishloq joylarda suv sporti bilan muntazam shug‘ullanishini yanada rivojlantirish uchun mamlakatimizning 95 tumanida basseynlar qurish vazifasini qo‘ydi. Shunga ko‘ra hozir Surxondaryoda 12 ta basseyn qurish ustida ishlayapmiz¸ deb o‘qib berdi Ozodlik manbasi o‘tkazilgan "videoselektor" to‘g‘risidagi hisobotni.

Nega ayollar uchun 95 basseyn qurilishi kerak ?

Videoselektorda qatnashgan Ozodlik manbasining aytishicha¸ etishmagan basseynlar soni 95ta deb topilgan:

- Masalan, Andijonda basseyn masalasi yomon emas faqat yana bitta qurish kerak. , Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 ta, Andijon viloyatida 1 ta, Buxoro, Jizzax, Samarqandda 9 tadan, Qashqadaryoda 10 ta, Navoiyda 5 ta, Namangan va Sirdaryoda 6 tadan, Surxondaryoda 12 ta, Toshkent va Farg‘onada 4 tadan, Xorazm viloyatida 8 ta basseyn yetishmaydi. Bularning hammasini jamlab ayollar uchun 95 ta basseyn qurish kerak degan buyruq bo‘ldi¸ deydi manba.

Milliy siynaband yoki “O‘zbikini”

Videoanjumanda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova qishloq ayollari uchun mos va milliy qadriyat hamda mafkura quyushqoniga to‘g‘ri keladigan cho‘milish kiyimlari yaratish vazifasini qo‘ydi.

Ozodlik manbasi Bositxonova nutqi yozilgan stenogrammadan yana bir parcha o‘qib berdi:

“Qishloq joylarida suv sporti bilan shug‘ullanayotgan qizlarga qulay, milliy qadriyatlar va zamonaviy moda yo‘nalishlari uyg‘unlashgan dizaynga ega suzish kiyimlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish dolzarb bo‘lib turibdi”, deya ta’kidlagan Bosh vazir o‘rinbosari.

Mulozimaning bu gapidan keyin “O‘zbekyengilsanoat” hissadorlik jamiyatiga oid korxonalarda “milliy cho‘milish kiyimlarini” tikish boshlangan.

“O‘zbekyengilsanoat” hissadorlik jamiyatidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ hozir uchta shaharda cho‘milish kiyimlari tikish yo‘lga qo‘yilgan:

- Bosh vazirning taklifidan keyin beshta ixtisoslashtirilgan korxona ayollar suzish formalarini ishlab chiqara boshladi. Ular Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, boshqa viloyatlardagi korxonalarimiz ham sport kiyimlarini ishlab chiqarishga tayërlanmoqda”, deydi manba.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha “O‘zbekyengilsanoat” qoshida tashkil etilgan “Sharq liboslari” dizayni markazi dizaynerlari milliy mentalitet va mafkuraga to‘g‘ri keladigan cho‘milish kiyimlarining yangi modellari ustida ish olib bormoqda.

Ayollar suzadigan hovuz

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova o‘tgan oyda bo‘lgan majlisda so‘zga chiqib “Ma’naviyat va urf –odatlardan kelib chiqqan xolda ayollar uchun alohida cho‘milish hovuzlari yaratish davr talabi ekanligini” ta’kidlagan edi.

Zamonaviy O‘zbekiston tarixida shu paytgacha cho‘milish havzalari genderlik alomatiga ko‘ra ajratilmagan.

Buxoro Amirining Sitorai Mohi Xosa saroyida faqat ayollar cho‘miladigan xovuz mavjud bo‘lganligi aytiladi.

Ayollar g‘amini eydigan mulozim yoki O‘zbekiston Robinzon oroli emas

Milliy cho‘milish kiyimi va ayollar uchun alohida hovuzlar bo‘lishini taklif qilgan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova bundan oldin ayrim xonandalarning "milliylikka yot" kiyinish uslubi hamda "behayo va beandisha" kliplarini tanqid qilib matbuot nazariga tushgan edi.

"O‘zbekiston - Robinzon yashaydigan orol emas, agar kimki, bugun demokratiya, istaganimni qilaman, deb o‘ylasa, xalq, jamiyat fikri bilan hisoblashmasa, qattiq adashadi", - degan edi Bositxonova xonim o‘tgan yili Toshkentda o‘tgan madaniyat va san’at arboblari bilan uchrashuv chog‘ida.

XS
SM
MD
LG