Линклар

Fransiyada chiqadigan “Le Point” jurnali Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning Samarqand ustida o‘zbekistonlik hamkasbi Islom Karimov bilan mushtlashishgacha borgani haqidagi bir necha yil oldin qilgan ochiqlamasini e’lon qildi.

“Le Point” jurnalida Tojikiston prezidenti haqidagi “Karaoke ishqibozi bo‘lgan millat rahnamosi” sarlavhali maqolada Rahmonning O‘zbekiston rahbari Islom Karimov bilan munosabati o‘ta murakkab ekani, bir necha marta u bilan aytishib qolgani va hatto o‘zaro munosabatlar mushtlashuvgacha borgani, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboev o‘rtaga tushib ularni ayirgani haqdagi xotiralari tilga olinadi.

Fransuz nashriga ko‘ra, bu yerda gap Tojikiston rahbarining 2009 yilda og‘zidan qochirib qo‘yganlari haqida ketyapti.

Karimov va Rahmonni Nazarboev o‘rtaga tushib ayirgan.

Karimov va Rahmonni Nazarboev o‘rtaga tushib ayirgan.

Rahmon o‘shanda matbuot uchun bo‘lmagan, lekin jurnalistlar ham taklif etilgan uchrashuvdagi chiqishida shunday degan:

“Men u (O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov) bilan bir necha marta tortishganman, bir martasida masala mushtlashuvgacha borgan, Nazarboev (Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev) o‘rtaga tushib ayirgandi. O‘shanda men unga: “Samarqand va Buxoroni baribir qaytarib olamiz!”, deganman”, - deya xotirlagan Imomali Rahmon 2005 yilda Qozog‘istonda bo‘lgan Karimov bilan uchrashuvini.

2005 yilda Qozog‘istonda prezidentlar bir-birlariga musht ko‘targaniga oid shunday voqea bo‘lgan-bo‘lmaganini boshqa manbalar orqali tasdiqlash imkonsiz.

O‘zbekiston hukumati tojik prezidentining bu aytganlariga munosabat bildirmagan.

XS
SM
MD
LG