Линклар

BahsOnlinening bu galgi eshittirishida o‘zbekistonliklar familiyasidagi ruscha “-ov”, “-ev” qo‘shimchalarini olib tashlash zarurati bor-yo‘qligi munozara qilinadi. Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 5 may, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillari hamda IMO, WhatsApp, VIBER orqali bog‘laning.

Tojikistonda 29 aprel kuni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ruslarga xos qo‘shimcha bilan tugaydigan familiya berishni man etuvchi qonun kuchga kirdi. Yangi qonun mamlakatda milliy o‘zlikni shakllantirishga qaratilgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tojikistonliklarni slavyanlarga xos ismlarni tanlamaslikka chaqirgan..

Yangi qonunga binoan, familiyalarga “-ov” hamda “-ev” qo‘shimchasini qo‘shish man etiladi. Chaqaloqlarga tojiklarga xos qo‘shimcha bilan tugaydigan familiya berilishi kerak. Bunday qo‘shimchalar safiga “-zod”, “-pur”, “-iy” hamda “-far” suffikslari kiradi.

O‘zbekistonda shu paytgacha chaqaloqlar familiyalariga ruscha qo‘shimchalar qo‘shib yozilyapti.

Vaholanki, “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunda “O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’inazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar”, deb yozilgan.

Familiyalardagi ruscha qo‘shimchalardan voz kechish yoki kechmaslik haqida O‘zbekistonda ikki xil qarash shakllangan.

Siz o‘zbeklarning familiyasidagi ruscha “-ov”, “-ev” qo‘shimchalarini olib tashlashni aniq ifoda etuvchi qonun qabul qilinishi tarafdorimisiz?

Ruscha qo‘shimchalar olib tashlangan taqdirda, o‘zbeklar familiyasi, sizningcha, qanday atalishi kerak?

Agar siz ham bu bahsga qo‘shilmoqchi bo‘lsangiz 5 may, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 19.05dan keyin OzodlikOnline, OzodSkype, OzodOvoz Skayp manzillariga bog‘laning.

Siz shuningdek jonli eshittirishga:

IMO: +420 724 971 539

WhatsApp: + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER: + 420 602 612 713 orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Savollaringizni, sharh sifatida qoldirishingiz, shuningdek, sadriddin61@gmail.com elektron pochta manziliga ham yuborishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG