Линклар

Qamchiq dovonida chorshanba kuni sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida5 kishi nobud bo‘ldi, 6 kishi qutqarib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati xabar qiladi.

Vazirlikka ko‘ra, 4 may kuni soat 14 lar atrofida Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumaniga doir qismida 13 ming 300 metr kub hajmda ko‘chki tushgan. Ko‘chki ostida ikkita avtomashina qolib ketgan.

“O‘z vaqtida bajarilgan tadbirlar natijasida 6 kishi qutqarib qolingan. Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlarning oilalariga barcha zaruriy yordam ko‘rsatildi.”, deya xabar qiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Qamchiq dovoni orqali O‘zbekiston aholisining uchdan biri istiqomat qiladigan Farg‘ona vodiysini mamlakatning qolgan qismi bilan bog‘lovchi yagona avtomagistral o‘tadi. Strategik ahamiyatga ega ushbu dovon orqali kuniga 10 - 15 ming avtoulov qatnashi aytiladi.

XS
SM
MD
LG