Линклар

O‘zbekiston Adliya vazirligi, 2016 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, noqonuniy tekshiruvlar ko‘lami o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 91 foizga, tekshiruv tartibini buzish holatlari esa 58 foizga qisqardi, degan xulosaga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi xabar qiladi.

Agentlik xabariga ko‘ra, qonun buzilishi holatlarini o‘rganish chog‘ida vazirlik va idoralarga 1784 ta taqdimnoma kiritilgan, davlat idoralarining 614 ta noqonuniy qarori bekor qilingan. Sudlarga kiritilgan 20 milliard 600 million so‘mlik da’vo arizalari qondirilgan.

XS
SM
MD
LG