Линклар

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar zimmasiga qochqinlar oqimi ko‘p bo‘lgan boshqa mamlakatlardan boshpana so‘rab kelganlarni qabul qilish majburiyatini yuklash yoki bundan bosh tortgan mamlakatlarga katta miqdorda jarima solishni tavsiya qildi.

Bu taklifga Yevropa Ittifoqining muhojirlarni teng taqsimlash harakatlariga qarshi chiqayotgan Polsha, Vengriya va Chexiya rasmiylari darhol e’tiroz bildirdilar.

O‘tgan yili mintaqaga, shu jumladan, Yunonistonga milliondan ziyod kishi qochqin bo‘lib kelganidan keyin muhojirlarga Yevropa Ittifoqining birinchi davlatidan boshpana so‘rash majburiyatini yuklovchi “Dublin qoidalari” mohiyatan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Qochqinlar oqimiga dosh berolmagan Afina ularni Yevropa Ittifoqining boyroq mamlakatlariga, xususan, Germaniya va Shvetsiyaga ketishiga izn bergan. Pirovardida oraliqda joylashgan davlatlar qiyin ahvol qoldi, bu esa Shengen hududida chegara nazorati tiklanishiga olib kelgan.

XS
SM
MD
LG