Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov Saudiy Arabistoniga tashrifi chog‘ida 3 may kuni Makkai Mukarramani ziyorat qildi va turkman vazirlari hamrohligida Umra ibodatini ado etdi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri xabar qiladi.
Masjidul-Haram tavofidan so‘ng Berdimuhammedov Madinai Munavvara yo‘l olib, Masjidun-Nabaviyni ziyorat qilgan.
Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov 1-3 may kunlari rasmiy tashrif bilan Saudiy Arabistoniga safar qilgandi.