Линклар

Qamchiq dovonida chorshanba kuni sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 5 kishi nobud bo‘ldi, 6 kishi qutqarib qolindi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining Ozodlikka ma’lum qilishicha, ko‘chki bosib qolgan yo‘l tozalanib, avtoqatnov tiklangan. Rasmiylarga ko‘ra, Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumaniga doir qismida 4 may kuni soat 14.00 atrofida 13 ming 300 kub metr hajmda tushgan ko‘chki ostida ikkita avtomashina qolib ketgan.

Qamchiq dovonida ro‘y bergan ko‘chkidan keyin yopib qo‘yilgan avtomagistral payshanba kuni ochildi. Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘lovchi dovonda 4 may kuni ro‘y bergan ko‘chki oqibatida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 5 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi qutqarib qolingan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining matbuot xizmati xabar qildi.

Vazirlikka ko‘ra, 4 may kuni soat 14 lar atrofida Qamchiq dovonining Namangan viloyati Pop tumaniga doir qismida 13 ming 300 kub metr hajmda ko‘chki tushgan. Ko‘chki ostida ikkita avtomashina qolib ketgan.

“O‘z vaqtida bajarilgan tadbirlar natijasida 6 kishi qutqarib qolingan. Jabrlanganlar va qurbon bo‘lganlarning oilalariga barcha zaruriy yordam ko‘rsatildi.”, deya xabar qiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Ayni paytda Qamchiq dovoni yopiqligicha qolmoqda. Voqea sodir bo‘lgan joydan Ozodlik mobil muxbirining xabar berishicha, ikki tomondan yuzlab avtoulov dovon yo‘lining tozalanishini kutmoqda. Ko‘plari ortga qaytib ketmoqda.

"Odamlar yo‘l ochilishini yo‘l chetidagi choyxonalarda kutishmoqda" - deydi mana bu choyxona fotoni yuborgan yo‘lovchilardan biri.

Qamchiq dovoni yo‘lidagi choyxonalardan biri

Qamchiq dovoni yo‘lidagi choyxonalardan biri

Ozodlik bilan bog‘langan yo‘lovchilardan biri voqea joyida xavfsizlik xizmati vakillarining ko‘plini tasdiqladi. Tasdiqlanmagan ma’lumotga ko‘ra, yo‘lning 200 metrini tosh bosgan.

Qamchiq dovoni orqali O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi istiqomat qiladigan Farg‘ona vodiysini mamlakatning qolgan qimsi bilan bog‘lovchi A-373 yagona avtomagistralь o‘tadi. Strategik ahamiyatga ega ushbu dovon orqali kuniga 10 - 15 ming avtoulov o‘tadi.

Ozodlik voqea bilan bog‘liq tafsilotlarni o‘rganishda davom etmoqda.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabarnomasi

Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabarnomasi

XS
SM
MD
LG